Bugun
53
O'zbek

CONCACAF Oltin kubogi formatiga o‘zgartirish kiritdi

Futbol
5 noyabr, 13:37
    4
Navbatdagi turnir 2027-yilda bo‘lib o‘tadi.
CONCACAF Oltin kubogi formatiga o‘zgartirish kiritdi
Фото: Getty Images

CONCACAF Shimoliy va Markaziy Amerika, shuningdek, Karib havzasi mamlakatlari milliy jamoalari o‘rtasidagi asosiy musobaqa — Oltin kubogi formati o‘zgarganini e’lon qildi.

Guruh bosqichida avvalgi 4 ta guruhda 4 tadan jamoa o‘rniga 8 tadan milliy jamoa ishtirok etadigan 2 ta guruh shakllantiriladi. Har bir jamoa avvalgi 3 ta o‘yin o‘rniga 4 ta uchrashuv o‘tkazadi.

«Muxlislarimiz mintaqamizning eng yaxshi jamoalari o‘zaro raqobatlashishini ko‘rishni istashadi. Yangi format musobaqaning dastlabki bosqichlaridayoq bunday uchrashuvlar uchun ko‘proq imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga, har bir o‘yin muhim ahamiyatga ega bo‘ladi: jamoalar kuch jihatidan muvozanatli raqiblarga qarshi maydonga tushadi va pley-offga chiqish uchun kurashadi. Bu Oltin kubogini birinchi o‘yindan finalga qadar yanada raqobatbardosh va tomoshabop qiladi, deb hisoblaymiz», — dedi CONCACAF prezidenti Viktor Montalyani.

Oltin kubogi har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Musobaqada 16 ta milliy jamoa ishtirok etadi: ulardan 15 tasi CONCACAF Millatlar ligasi orqali yo‘llanma oladi, yana bir o‘rin esa taklif etilgan jamoaga beriladi.

Musobaqada eng ko‘p — 10 marta Meksika g‘olib bo‘lgan. AQSh hisobida 7 ta, Kanada hisobida esa 1 ta chempionlik bor. Navbatdagi turnir 2027-yilda bo‘lib o‘tadi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar