Bugun
53
O'zbek

YKL. Behruz Karimov golli uzatma amalga oshirgan bahsda «Lugano» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Futbol
5 noyabr, 17:16
    6
Shveytsariya klubi turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.
YKL. Behruz Karimov golli uzatma amalga oshirgan bahsda «Lugano» yirik hisobda g‘alaba qozondi
Фото: Getty Images
05.11.2026 FT Konferensiyalar ligasi FC Lugano FC Lugano 3 : 0 FK Kauno Zalgiris FK Kauno Zalgiris

Konferensiyalar ligasining 3-turida Shveytsariyaning «Lugano» klubi Litvaning «Kauno Jalgiris»iga qarshi o‘ynab, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

E’tiborlisi shundaki, ushbu bellashuvda o‘zbekistonlik futbolchi Behruz Karimov golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Mezbonlar 11-daqiqada Yanis Chiminianining goli evaziga hisobni ochdi. Oradan 13 daqiqa o‘tib, Ezjon Alioski ustunlikni oshirdi.

32-daqiqada esa Behruz Karimovning uzatmasidan keyin Daniel dos Santos raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Shu tariqa, Shveytsariya klubi uchta uchrashuvda 9 ochko jamg‘arib, Konferensiyalar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalladi.

Konferensiyalar ligasi. 3-tur
Lugano – Kauno Jalgiris – 3:0 (3:0)
Gollar: Chiminiani 11, Alioski 24, Daniel dos Santos 32.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Lugano FC Lugano
  • FK Kauno Zalgiris FK Kauno Zalgiris
  • Konferensiyalar ligasi Konferensiyalar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar