Portugaliyaning sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari Krishtianu Ronalduning milliy jamoadagi faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
«Ronaldu, barakalla! Sen xotirjamsan va to‘g‘ri qaror qabul qilding. Sen Portugaliya hech qachon unutmaydigan sportchilardan biri bo‘lding. Do‘sting va senga qoyil qoladigan inson sifatida men va jamoadoshlaring uchun qilgan barcha ishlaring sabab seni hech qachon unutmayman.
Sen haqingda faqat men yaxshi fikr bildirmaganimni ham aytmoqchiman. Murtaz (Skolarining sobiq yordamchisi) va yoshlar bo‘limidagi Rui bizga Ronaldu ismli futbolchi haqida so‘zlab berishgan edi. Aynan Murtaz tufayli biz Ronaldu bilan tanishdik. U esa haqiqatan ham buyuk inson va ajoyib futbolchi bo‘lib chiqdi.
Krishtianu men murabbiylik qilish nasib etgan eng yaxshi futbolchilardan biri edi. Nafaqat futbolchi sifatida, balki inson sifatida ham. U biz undan nimani talab qilgan bo‘lsak, barchasini bajarardi. O‘zi istagan barcha yutuqlarga erishdi, chunki buning uchun astoydil mehnat qildi. Uning iqtidori doimo o‘rtachadan yuqori bo‘lgan.
U butun faoliyatim davomida birga ishlagan eng yaxshi professional futbolchilardan biri edi. Uning shunday qaror qabul qilganidan xursand va mamnun ekanimni katta mamnuniyat bilan ayta olaman.
U mening qalbimda abadiy qoladi. Portugaliya, u yerda uchratgan insonlarim va muloqot qilish nasib etgan barcha kishilar bilan bir qatorda, u ham doimo yodimda bo‘ladi.
Seni quchoqlab qolaman, Ronaldu! Barcha ezgu tilaklarim sen bilan», — dedi Skolari.
Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli hujumchi Portugaliya milliy jamoasidagi debyutini aynan braziliyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘tkazgan.
«Abadiy qalbimdasan» — Skolari Ronalduning xayrlashuvi haqida
Futbol
6 noyabr, 02:00
3
Braziliyalik mutaxassis sobiq shogirdining Portugaliya safidagi faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi