«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan «PSJ»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«PSJ» — ayni paytda dunyodagi eng yaxshi jamoa. Bu biz uchun yaxshi sinov bo‘ladi. Hujumda ancha kuchlimiz, ammo himoyada jiddiy ravishda kuchayishimiz kerak.
Hamon juda ko‘p gol o‘tkazib yubormoqdamiz. Salohiyatimizni to‘liq namoyon etish uchun bu muammoni hal qilishimiz lozim», — deya Rodrining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrizio Romano.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» umumiy bosqich turnir jadvalida ikki uchrashuvda olti ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «PSJ» ham shuncha ochko bilan peshqadamlar qatoridan joy olgan.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuv 20-oktabrdan 21-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Avvalroq Rodri faoliyatini «Manchester Siti»da yakunlashni o‘ylagani haqida gapirib o‘tgandi.