Bugun
31
O'zbek

Flik «Barselona»ning yosh hujumchisidan mamnun

Futbol
29 oktabr, 04:15
18 yoshli Hamza Abdulkarim mashg‘ulotlardagi munosabati bilan murabbiylar ishonchini qozongan.
Flik «Barselona»ning yosh hujumchisidan mamnun
Foto: Getty Images

«Barselona»da 18 yoshli hujumchi Hamza Abdulkarimning faoliyatiga ijobiy baho berilmoqda. Diario SPORT xabariga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yosh futbolchining mashg‘ulotlardagi mehnati va o‘z vazifalariga munosabatidan mamnun.

Manbaga ko‘ra, Abdulkarim ushbu mavsumda asosiy jamoa safida deyarli maydonga tushmayotgan bo‘lsa-da, murabbiy uning mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatishidan mamnun. Misrlik hujumchi jamoadagi rolini qabul qilgan va zarurat tug‘ilsa, «Barselona»ning ikkinchi jamoasiga ham yordam berishga tayyor.

Abdulkarim ushbu mavsumda Ispaniya chempionati doirasidagi atigi ikkita bahsda maydonga tushgan. Uning umumiy o‘yin vaqti bor-yo‘g‘i 12 daqiqani tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Hamza Abdulkarimning «Barselona» bilan mehnat shartnomasi 2030-yil yozigacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar