Ispaniyalik yarimhimoyachi Ander Errera «Manchester Yunayted»da birga ishlagan portugaliyalik murabbiy Joze Mourinio haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Joze – haqiqiy erkaklar uchun murabbiy. Mourinio futbolchilar hozirgi kabi unchalik yumshoq bo‘lmagan davrda ishlagan. Endi u «Real»dagi jiddiy bosimga dosh berishi kerak. Klub «Barselona» hukmronlik qilgan so‘nggi og‘ir ikki yilni o‘tkazdi. U La Ligadagi vaziyatni o‘zgartiradigan murabbiyga aylanishi mumkin. Joze buni birinchi marta kelganida allaqachon qilgan edi», - deya Erreraning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Ispaniyaning AS nashri.
Eslatib o‘tamiz, La Liga o‘tgan turida «qaymoqranglilar» safarda «Barselona»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. «Real» onlayn jadvalda «ko‘k-anorranglilar»dan uch ochko ortda qolmoqda va jadvalning uchinchi pog‘onasidan o‘rin egallagan.