Live
4
O'zbek

Kivu: «Derbida favorit yo‘q»

Futbol
30 oktabr, 15:26
Bellashuv 31 oktabr kuniga belgilangan.
Kivu: «Derbida favorit yo‘q»
Фото: Getty Images
31.10.2026, 15:45 Italiya A seriyasi Milan Milan - : - Inter Inter

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu «Milan»ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Milan»ning qanchalik kuchli jamoa ekanini yaxshi bilamiz va bu bahsga tayyor bo‘lishimiz kerak. Ushbu uchrashuvga chempionatning navbatdagi o‘yini sifatida yondashishimiz lozim. Turnir jadvaliga qaramasligimiz va tashqi omillarga e’tibor qaratmasligimiz kerak. Biz o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishimiz shart.

Agar «Inter» derbisida olti-yetti uchrashuvdan buyon g‘alaba qozona olmayotgan bo‘lsa, bu haqda o‘zimizga ayrim savollarni berishimiz kerak. Bizga muvozanat va yuqori darajadagi motivatsiya zarur. Bu bahs boshqa o‘yinlarga qaraganda yanada ko‘proq fidoyilikni talab qiladi.

Derbida favorit bo‘lmaydi. Chunki bu yerda gap katta g‘urur haqida ketmoqda. Har ikki jamoa ham bosim ostida bo‘ladi. Bunday uchrashuvda g‘alaba qozonish yoki mag‘lub bo‘lish nimani anglatishini yaxshi tushunamiz. Ammo, yakunda bu haqda ortiqcha o‘ylamasligimiz kerak», — deya Kivuning so‘zlaridan keltiradi jurnalist Janluka Di Marsio.

Ma’lumot uchun, «Inter» derbiga A Seriya turnir jadvali peshqadami sifatida yetib kelmoqda. Kivu shogirdlari to‘qqizta uchrashuvda 25 ochko jamg‘argan. Beshinchi o‘rinda borayotgan «Milan» esa «neradzurri»dan 7 ochko ortda qolmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Inter Inter
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar