Live
4
O'zbek

Obid Xudoyorov: «Chetlatishdan keyin qiyin ahvolda qoldik»

Eksklyuziv
30 oktabr, 14:59
Xudoyorov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Obid Xudoyorov: «Chetlatishdan keyin qiyin ahvolda qoldik»
Фото: Қизилқум ПФК
30.10.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Qo'qon-1912 Qo'qon-1912 0 : 0 Qizilqum Qizilqum

«Qo‘qon-1912» va «Qizilqum» (0:0) o‘rtasidagi o‘yindan keyin mehmonlar murabbiyi Obid Xudoyorov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Obid aka, bugungi uchrashuvdan olgan taassurotlaringiz va o‘yin haqidagi fikrlaringiz qanday?

— Taassurotlarim shundayki, bugun ancha qiyin o‘yin o‘tkazdik. Maydondagi chetlatish holati vaziyatni yanada og‘irlashtirdi. Jigaurining qizil kartochka olib, maydonni tark etganidan keyin juda qiyin ahvolda qoldik. Shunga qaramay, yigitlar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Ularga katta rahmat. Uchrashuv oxirigacha matonat bilan turib berishdi.

— Jamoaning sabr-bardoshi va himoyalanishiga sabab bo‘lgan o‘sha vaziyatni qanday baholaysiz? Maydonda bunday qoidabuzarlik qilish shartmidi?

— Hech bir futbolchi qoidabuzarlik qilishni istamaydi. Ayniqsa, uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘rtalaridayoq qizil kartochka olib, jamoani bir kishi kam bo‘lib qolishga majburlashni hech kim xohlamaydi. Shunday holat yuz berdi. Uning o‘zi ham bunday bo‘lishini istamagan, jamoaga yordam berishga juda ishtiyoqmand futbolchi edi.

U bir necha o‘yindan buyon jamoamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lib kelayotgandi. Yoshi katta bo‘lishiga qaramay, har bir uchrashuvda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib kelayotgandi. Vaziyatni o‘zingiz ham ko‘rdingiz. Balki bu epizod qizil kartochkaga loyiq bo‘lgandir, balki yo‘q. Men hakamlarning ishiga baho bera olmayman. Agar bu holat yuz bermaganida, o‘yin boshqacha kechishi aniq edi.

- Bobomurod Bozorov zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, yana zaxiraga olindi. Bunga sabab nima?

- Biz ham takt ikamizni o‘zgartirishga majbur bo‘ldik. Himoya chizig‘ini kuchaytirib, besh nafar himoyachi bilan o‘ynashga o‘tdik. Fayzulla Jum anqo‘ziyev avvalroq hujumroq pozitsiyada harakat qilayotgandi, o‘yin oxirida esa uni beshinchi himoyachi sifatida pastroqqa tushirdik. Chunki yakunda hisobni saqlab qolishimiz kerak edi. Shu maqsadda uni maydonga tushirdik, aniqrog‘i, almashtirishni amalga oshirdik.

— Kenjabayevni ham ko‘rdik, 90+ daqiqada uni almashtirish rejalashtirildi, ammo keyin u uchrashuvni oxirigacha o‘tkazdi. Bugun jamoa bosh murabbiyi ishtirok etmayapti. Bu o‘zgarishlar bevosita bosh murabbiy bilan kelishilgan holda amalga oshirildimi yoki Kenjabayevning harakatlarida sizga ma’qul kelmagan jihatlar bo‘ldimi?

— Yo‘q, biz o‘yinning oxirgi qismida, qo‘shimcha vaqt berilayotgan paytda yana bir almashtirish orqali vaqtni tejash, o‘yin sur’atini pasaytirish va hisobni saqlab qolishni maqsad qilgandik. Shu niyatda uni almashtirmoqchi bo‘ldik. Ammo u «O‘yinni oxirigacha o‘tkazaman», degandek, maydonda qoldi va uchrashuvni oxirigacha o‘tkazdi», - deya Xudoyorovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qo'qon-1912 Qo'qon-1912
  • Qizilqum Qizilqum
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar