Live
4
O'zbek

«Milan» Yoro transferi uchun 50 mln yevro sarflashga tayyor

Futbol
30 oktabr, 15:33
Yoroning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha moʻljallangan.
«Milan» Yoro transferi uchun 50 mln yevro sarflashga tayyor
Фото: Getty Images

«Milan» kelasi yozgi transferlar oynasida markaziy himoya chizigʻini kuchaytirmoqchi.

Football Italia nashri xabar berishicha, klub eʼtiborini «Manchester Yunayted» futbolchisi Leni Yoroga qaratgan.

Manbaga koʻra, «rossoneri» fransiyalik himoyachini sotib olishni rejalashtirmoqda. Italiyaliklar futbolchining agenti Jorge Mendes yordamida transferni 50 million yevrodan oshmaydigan summa evaziga amalga oshirishga umid qilmoqda. Ushbu transferni jamoa ustozi Ruben Amorim istamoqda. Portugaliyalik mutaxassis ingliz klubini boshqargan vaqtida Yoro bilan birga ishlagan va uning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.

Maʼlumot uchun, Leni Yoroning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha moʻljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar