Live
8
O'zbek

«Milan» va «Inter» o‘rtasidagi so‘nggi beshta bahs qanday yakunlangan?

Futbol
31 oktabr, 04:30
Milan shahri klublari 31-oktyabr kuni Italiya chempionatining markaziy bellashuvida yana o‘zaro to‘qnash keladi.
«Milan» va «Inter» o‘rtasidagi so‘nggi beshta bahs qanday yakunlangan?
Foto: Getty Images
31.10.2026, 15:45 Italiya A seriyasi Milan Milan - : - Inter Inter

Bugun, 31-oktyabr kuni A Seriyaning 10-turi doirasida «Milan» va «Inter» o‘rtasida mavsumning navbatdagi derbisi bo‘lib o‘tadi. «San-Siro» («Juzeppe Meassa») stadionida o‘tadigan bahs Toshkent vaqti bilan 1-noyabrga o‘tar kechasi soat 00:45 da boshlanadi. Bellashuvni Marko Gvida boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.

Jamoalarning o‘zaro so‘nggi beshta rasmiy bahsida quyidagi natijalar qayd etilgan:

  • A Seriya, 28-tur, 2026-yil 8-mart: «Milan» — «Inter» 1:0;
  • A Seriya, 12-tur, 2025-yil 23-noyabr: «Inter» — «Milan» 0:1;
  • Italiya kubogi, yarimfinal, javob bahsi, 2025-yil 23-aprel: «Inter» — «Milan» 0:3;
  • Italiya kubogi, yarimfinal, birinchi bahs, 2025-yil 2-aprel: «Milan» — «Inter» 1:1;
  • A Seriya, 23-tur, 2025-yil 2-fevral: «Milan» — «Inter» 1:1.

So‘nggi beshta o‘zaro bahsda «Milan» uch marta g‘alaba qozongan, yana ikki bellashuv durang bilan yakunlangan. «Inter» ushbu davrda raqibini mag‘lub eta olmagan.

Ma’lumot uchun, jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi derbi «San-Siro» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Inter Inter
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar