Bugun
31
O'zbek

Mbappe «Rasing»ning yosh muxlisi bilan suhbatlashdi

Futbol
1 noyabr, 23:00
Kilian Chuameni yo‘llagan noaniq zarbadan keyin to‘p tekkan yosh muxlisning holidan xabar oldi.
Mbappe «Rasing»ning yosh muxlisi bilan suhbatlashdi
Foto: Getty Images
01.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Racing Santander Racing Santander 0 : 3 Real Madrid Real Madrid

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing 11-turida «Rasing»ga qarshi uchrashuv vaqtida to‘p tekkan yosh muxlis holidan xabar oldi.

Ushbu bahsda madridliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin davomida Orelyen Chuameni jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p tribunada o‘tirgan bolaga borib tegdi.

Bahsdan keyin «Real» vakillari yosh muxlisni jamoaning kiyinish xonasiga olib borishdi. U yerda bola futbolchilar bilan uchrashib, ular bilan suratga tushdi.

Mbappe bolaning ahvolini so‘rab, hazilomuz tarzda: «Qalaysan? Hammasi joyidami? Muammo shundaki, u darvozaga zarba berishni bilmaydi, shunday emasmi?» — dedi.

Ma’lumot o‘rnida, «Real» 11 uchrashuvdan keyin 27 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. «Rasing» esa 11 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.

Joze Mourinyo shogirdlari navbatdagi uchrashuvni Chempionlar Ligasi doirasida AEKka qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Racing Santander Racing Santander
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar