Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi bugun, 31 oktabr kuni Toshkentga yetib keldi.
Biroq jamoa delegatsiyasi tarkibida portugaliyalik 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu yoʻq.
Saudiya Arabistonining Arriyadiyah nashri xabar berishicha, bosh murabbiy Ange Postekoglu Ronaldu, Muhammad Simakan va Kingsli Komanni Oʻzbekistonga safar qiladigan tarkibga kiritmagan.
Maʼlumot uchun, «Paxtakor» va «An Nasr» oʻrtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Oʻyin soat 18:45 da boshlanadi.
«Paxtakor» Elit OChL Gʻarbiy mintaqasi 3-turidan keyin 2 ochko bilan 12-oʻrinda, «An Nasr» esa 3 ochko bilan 9-oʻrinda bormoqda.
Saudiya Arabistoni chempionatida «An Nasr» dastlabki 11 ta uchrashuvning 9 tasida gʻalaba qozondi.
Ayni paytda jamoa 28 ochko bilan turnir jadvalida 2-oʻrinda bormoqda. Peshqadam «Al Qodisiya» ham shuncha ochko toʻplagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi