«Arsenal» «Manchester Yunayted»ning natijasini takrorladi.
Londonliklar Angliya chempionatining 9-turi doirasida «Liverpul»ni safarda 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Ushbu g‘alaba «Arsenal» uchun liga doirasidagi safar bellashuvlarida qo‘lga kiritilgan 300-g‘alaba bo‘ldi.
Bungacha APL tarixida safarda 300 ta g‘alabaga erishgan yagona jamoa «Manchester Yunayted» edi. Endi «Arsenal» ham ushbu natijani takrorladi.
Ma’lumot uchun, Arteta jamoasi Premyer-ligada 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Jamoa keyingi turda 7 noyabr kuni «Hall Siti»ni qabul qiladi.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi