Bugun
31
O'zbek

Romano Ikardining «Inter»ga qaytish istagini tasdiqladi

Futbol
2 noyabr, 01:30
Argentinalik hujumchi sobiq klubiga qaytishni xohlamoqda.
Romano Ikardining «Inter»ga qaytish istagini tasdiqladi
Foto: Getty Images

«Inter» sobiq hujumchisi Mauro Ikardi jamoaga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

«Mauro Ikardi va «Inter» haqidagi vaziyatga oydinlik kiritmoqchiman. Uning Italiyaga, xususan, «Inter»ga qaytishni istashiga hech qanday shubha yo‘q.

O‘tgan yilning yanvar oyida u «Yuventus»ga o‘tishga tayyor edi, ammo turinliklar bu masalani davom ettirmaslikka qaror qilishdi.

Ikardi «Inter»ga qaytishdan juda xursand bo‘lar edi. Uning o‘zi ham bu haqda gapirib o‘tgan va hamon klubga qattiq mehr qo‘ygan.

Uning istagi aniq, endi esa vaziyatga qanday baho berishni «Inter» hal qilishi kerak», — dedi Romano.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Mauro Ikardi erkin agent maqomida. U 2013-yildan 2020-yilgacha milanliklar sharafini himoya qilgan.

Avvalroq argentinalik forvard faoliyatini «Tottenhem»da davom ettirishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar