Live
2
O'zbek

Ispaniyada Xesus De Migel vafoti sabab barcha kubok bahslari qoldirildi

Futbol
3 noyabr, 06:00
RFEF futbolchining vafoti munosabati bilan Ispaniya Kubogi o‘yinlarini boshqa muddatga ko‘chirdi.
Ispaniyada Xesus De Migel vafoti sabab barcha kubok bahslari qoldirildi
Foto: Getty Images

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) «Tenerife» hujumchisi Xesus De Migelning vafoti munosabati bilan bugun o‘tkazilishi rejalashtirilgan erkaklar va ayollar o‘rtasidagi mamlakat kubogi bahslarini qoldirdi. Yangi sanalar keyinroq e’lon qilinadi.

Shuningdek, Ispaniya U-21 milliy jamoasining Yaponiya bilan o‘rtoqlik bahsiga mo‘ljallangan tarkib taqdimoti ham kechiktirildi.

Ma’lumot uchun, bugun erkaklar o‘rtasidagi Ispaniya Kubogi doirasida «Anaitasuna» — «Alaves» hamda «Pamplona» — «Eybar» bahslari o‘tkazilishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, 2-noyabr kuni Segundaning 12-turi doirasida «Tenerife» va «Andorra» o‘rtasidagi bahsda mehmonlar darvozaboni Xesus Ovono raqib hujumchisi Xesus De Migel bilan to‘qnashgan. Hushini yo‘qotgan 30 yoshli futbolchi shifoxonaga yetkazilgan, biroq 3-noyabr kuni vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

Bugungi yangiliklar