Bugun
7
O'zbek

Olmo qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Futbol
10 noyabr, 11:22
28 yoshli futbolchi FIFA kunlaridan so‘ng safga qaytadi.
Olmo qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Фото: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Dani Olmoning jarohatidan forig‘ bo‘lib, maydonga qachon qaytishi ma’lum bo‘ldi.

Mundo Deportivo jurnalisti Jordi Batallening ma’lum qilishicha, ispaniyalik 28 yoshli futbolchi FIFA kunlaridan so‘ng safga qaytadi va jamoaning bo‘lajak bahslarida ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Olmo Chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan «PSJ»ga qarshi uchrashuvda (2:4) jarohat olgandi. Shundan buyon u tiklanish jarayonini o‘tamoqda.

Shu tariqa, Olmo 22-noyabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan La Liga bahsigacha sog‘ayib ulguradi.

Dani bu mavsumda «Barselona» safida barcha turnirlarda 12 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Kataloniya klubi La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Real» 2-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar