Bugun
23
O'zbek

Sardor Bahromov: «Bu oʻyin final oldidan final boʻladi»

Eksklyuziv
28 sentabr, 04:22
    7
Oʻyin esa 30 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da «Nagai» stadionida boshlanadi.
Sardor Bahromov: «Bu oʻyin final oldidan final boʻladi»
Фото: ЎФА

Yaponiyada oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda Saudiya Arabistoniga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan 3:0 hisobida tor-mor keltirganini bilasiz.

Oldinda esa vakillarimizni yarim final doirasida mezbon — Yaponiyaga qarshi jiddiy oʻyin kutyapti. Bu oʻyin Osaka shahrida boʻlib oʻtadi va jamoamiz aʼzolari ushbu shaharga koʻchib oʻtdilar. Oʻyin esa 30 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da «Nagai» stadionida boshlanadi.

Olimpiya terma jamoamiz safidagi yetakchilarimizdan biri Sardor Bahromov ham oʻziga bildirilgan ishonchni oqlab kelmoqda va u raqib darvozalariga chiroyli gollarni kiritmoqda.

Ushbu futbolchi yarimfinal oldidan Tribuna.uz muxbirining ayrim savollariga javob qaytardi.

- Sardor, avvalo chorak final doirasidagi Saudiya Arabistoniga qarshi oʻtgan gʻalabali oʻyindan hissiyotlar qanday?

- Assalomu alaykum. Gʻalabadan keyingi hissiyotlar hammada ajoyib. Sababi, ikki turnirdan beri chorak finalda qolib ketayotgandik. Shu sababli hammada kayfiyat zoʻr.

- Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyin oldidan raqib haqida qanday maʼlumotga ega edinglar va oʻyin sizlar kutgandek kechdimi?

- Saudiya terma jamoasi haqida oʻrganib chiqqandik. Ular asosan standart vaziyatlardan gollar urishgan. Lekin biz bilan uchrashuvda bu oʻxshamadi va oʻyinimiz biz xohlagandek tugadi.

- Chorak finaldagi 3:0 hisobidagi gʻalaba fonida terma jamoamiz qanchalik kuchini koʻrsatdi, deb oʻylaysiz?

- Biz bor kuchimiz bilan harakat qildik va yirik hisobda gʻalaba qozondik.

- Endi yarim finalga tayyorgarlik yanada boshqacha kechyaptimi yoki odatdagidekmi?

- Yarim finaldagi oʻyinga yanada yaxshiroq tayyorgarlik koʻryapmiz. Sababi, Yaponiya Osiyodagi eng yaxshi jamoalardan biri. Bu oʻyin final oldidan final boʻladi, deb oʻylayman.

- Yaponiyaning oʻyinini koʻrgandirsiz, boʻlajak bahsdan nima kutyapsiz?

- Yaponiyaning oʻyinini koʻrdik. Yaponiya har doim kuchli boʻlib kelgan. Ular bilan oʻyinda, nasib boʻlsa, gʻalaba qozonib, finalga chiqishimizni kutyapman.

- Terma jamoamizning asosiy maqsadi nima?

- Maqsadimiz bitta: chempion boʻlish. Turnir oldidan ham maqsad shu edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston U23 O‘zbekiston U23
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar