Argentinalik yarimhimoyachi Enso Fernandes «Manchester Siti» Angliya Premer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilib, jazoga tortilishi kutilayotgani fonida klubni tark etishi taxmin qilinmoqda.
Qayd etilishicha, avvalroq futbolchi «shaharliklar» duch kelgan muammolarga qaramay, «Siti»da qolishga va’da bergan edi.
Fernandes o‘tgan yozda «Chelsi»dan «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shilgan edi. Bitim summasi 145 million yevroni tashkil etdi. Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan.
Mashhur Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 100 million yevroga baholamoqda.
APL yangi mavsumi 5-turidan keyin 100% natija bilan yetakchilik qilmoqda. Manchesterliklar ikkinchi o‘rindagi «Arsenal»ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.