«Inter» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan Dortmundning «Borussiya» klubida o‘ynagan davrida «Barselona» taklifini nega rad etganini aytib berdi.
«Barselona»ning menga qiziqishi haqiqatan ham bor edi. Bu Dortmundning «Borussiya»si safida ajoyib mavsum o‘tkazganimdan keyin yuz bergan. Ammo u yerga o‘tgan taqdirimda ham yetarlicha o‘yin vaqtiga ega bo‘lmasligimni yaxshi tushunardim.
Hujum chizig‘ida Neymar, Messi va Suares o‘ynardi. Yarimhimoyada esa Tiago Alkantara, Inyesta va Fabregas maydonga tushardi. Muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaydigan klubga o‘tishdan ma’no yo‘q edi», — deya Mxitaryanning so‘zlarini jurnalist Grach Xachaturyan Armaniston jamoat televideniyesi efiriga tayanib keltirdi.
Ma’lumot uchun, Mxitaryan hozirda Italiyaning «Inter» klubida faoliyat yuritmoqda. Futbolchi «Barselona»ga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqgan bo‘lsa-da, asosiy tarkibda muntazam o‘ynash imkoniyati kamligini hisobga olib, bu variantdan voz kechgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi