Londonning «Arsenal» klubi va Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Deklan Rays klub bosh murabbiy Mikel Arteta bilan shartnomani uzaytirgani borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, ispaniyalik murabbiyning futbolchilar bilan ishlash yondashuvi haqida ma’lumot berdi.
«Mikel yangi uzoq muddatli shartnoma imzolagani «Arsenal» uchun juda omadli bo‘ldi. Gap taktikada, mashg‘ulot jarayonida, jamoani boshqarishda, mayda detallarga e’tibor berishda. Arteta sen hech qachon ko‘ra olmaydigan narsalarni payqaydi. U seni doim kuzatadi, hatto hech kim ko‘rmayotgandek tuyulsa ham.
U hamma narsani kuzatib boradi, seni g‘aflatda qoldirish va diqqat bilan tinglayotganingni tekshirish uchun doimo chalkash savollar beradi. U har doim o‘yinchilarni tetik holatda ushlab turadi va yuz foiz tayyorgarlikni kafolatlaydi. O‘yinlarga chiqayotganimizda taktik jihatdan nima qilish kerakligini mayda-chuydasigacha bilamiz: himoyada, to‘p bilan, raqibni qanday ochilishga majbur qilishimiz kerakligini. Uning hamma narsani tartibga solishi Mikelni men uchun eng yaxshi murabbiyga aylantiradi.
Arteta shartnomani uzaytirgani va yaqin-4-yil mobaynida bizning menejerimiz bo‘lib qolishi ajoyib. Bizning chindan ham omadimiz chopgan», - dedi Rays.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi