Ozarbayjonning «Turon Tovuz» klubi tarkibini oʻzbekistonlik futbolchi bilan kuchaytirishni rejalashtirgandi. Bu haqda Sport24.az xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, klub vakillari Oʻzbekiston milliy jamoasi aʼzosi Otabek Shukurovga qiziqish bildirgan.
30 yoshli yarim himoyachi Birlashgan Arab Amirliklarining «Baniyas» jamoasidan ketganidan soʻng erkin agent maqomini olgan. «Turon Tovuz» esa ushbu vaziyatdan foydalanib, futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan. Biroq tomonlar kelishuvga erisha olmagan.
Qayd etish lozim, Shukurov yozda oʻtkazilgan jahon chempionatida Oʻzbekiston milliy jamoasining uchala uchrashuvida ham maydonga tushgan.
Avvalroq Otabek oktabr oyi boshida Serbiyaning «Radnik» klubi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.
Maʼlumot oʻrnida, u oʻtgan mavsum «Baniyas» safida 21 uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta assist amalga oshirgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi