UEFA Chempionlar Ligasining 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi 2-tur doirasida musobaqa tarixidagi yangi gollar rekordi qayd etildi. Jamoalar 18 ta uchrashuvda jami 78 ta gol urdi.
Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 4,33 tadan gol to‘g‘ri kelishini anglatadi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.
Avvalgi rekord 2025/2026-yilgi mavsumning umumiy bosqich 3-turida o‘rnatilgandi. O‘shanda 18 ta uchrashuvda 71 ta gol urilgan bo‘lib, har bir bahsga o‘rtacha 3,94 tadan gol to‘g‘ri kelgan.
Qayd etish lozim, Chempionlar Ligasining formati 2024/2025-yilgi mavsumdan o‘zgargan. Guruh bosqichi o‘rniga 36 ta klub ishtirok etadigan umumiy bosqich joriy qilingan va har bir turdagi uchrashuvlar soni 16 tadan 18 taga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, turnirning navbatdagi 3-tur uchrashuvlari 20 va 21-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.