ATP turkumiga kiruvchi musobaqalarning yakkalik bahslarida olti karra chempioni, jahonning sobiq 7-raketkasi belgiyalik David Goffen faoliyatini yakunlashga qaror qildi. U Ochiq davrda (Open era — bu 1968-yilda boshlangan tarixiy davr bo‘lib, professional tennischilarga «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarda havaskorlar bilan birga qatnashishga rasman ruxsat berilgan), 358 ta g‘alabaga erishib, hamyurtlari orasida rekordchi sanaladi. Bu haqda OptaAce o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali xabar bermoqda.
35 yoshli belgiyalik uchun Belgiyaning Bryussel shahrida o‘tkazilayotgan ATP-250 turkumiga kiruvchi musobaqa professional faoliyatidagi oxirgisi bo‘ldi. David ikkinchi davrada jahonning 37-raketkasi Aleks Mixelsen imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, David Goffen 2014-yil Mets va Kitsbyueldagi turnirlarda g‘alaba qozongan. 2017-yilda u Tokioda va Shenjenda hamda 2021-yil – Monpeleda bosh sovringa ega chiqqan. ATP darajasidagi so‘nggi yakkalik bahslaridagi sovrinni Goffen Marrakeshda 2022-yilda qo‘lga kiritgan.