Italiyaning «Komo» jamoasi bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Barselona» uchun Xans-Diter Flikning bo‘lajak o‘rinbosari sifatida asosiy variant hisoblanadi. Bu xaqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda Fabregas «Barselona» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sanaladi. Biroq gap sobiq yarimhimoyachining yaqin orada Kataloniya klubiga qaytishi haqida ketmayapti. Ispaniyalik Flik vaqti kelib, o‘z lavozimini tark etishga qaror qilsa, alternativ variant sifatida ko‘z ostiga olib qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, «Barselona» Ispaniya chempionati yangi mavsumida 27 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Kataloniyaliklar 9 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, 25 oktyabr kuni Flik shogirdlari Madridning «Real» klubiga qarshi bahsda maydonga tushishlari zarur.