Muborakning «Mash’al» klubi kelasi yilda Pro ligada ishtirok etadi. Sergey Lushan jamoasi muddatidan oldin Superliga bilan xayrlashdi.
«Gazchilar» liga doirasida ketma-ket 12 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lib, antirekordini yangilashda davom etmoqda. Klub oxirgi marta 22 iyul kuni «Nasaf»ga (1:1) qarshi bahsda durang qayd etgan. 17 iyulda esa bu mavsumdagi Superligadagi ilk g‘alabasini «Qo‘qon-1912» bilan bahsda qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Mash’al» Superliganing 25 ta turidan so‘ng 4 ochko bilan turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Jamoaning avvalgi turlardagi mag‘lubiyatlari:
14-tur. OKMK – Mash’al 2:1
15-tur, Mash’al – So‘g‘diyona 1:3
16-tur. Xorazm – Mash’al 2:0
17-tur. Qizilqum – Mash’al 2:0
18-tur, Mash’al – Andijon 0:1
19-tur. Mash’al – Navbahor 0:2
20-tur. So‘g‘diyona – Mash’al 5:2
21-tur. Lokomotiv – Mash’al 3:0
22-tur. Mash’al – Paxtakor 1:2
23-tur. Qo‘qon-1912 – Mash’al 3:0
24-tur. Mash’al – OKMK 0:1
25-tur. Bunyodkor – Mash’al 2:1