Bugun
60
O'zbek

«Raqibning yo‘qotadigan narsasi qolmagandi» — Gasperini «MYU»ga qarshi o'yin haqida

Futbol
3 noyabr, 21:20
    5
Rimliklar ustozi ikki to‘plik ustunlikni boy berishlari sababini aytdi.
«Raqibning yo‘qotadigan narsasi qolmagandi» — Gasperini «MYU»ga qarshi o'yin haqida
Foto: Getty Images
03.11.2026 FT Chempionlar ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted 3 : 2 Roma Roma

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsdagi 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. Rimliklar bellashuv davomida 2:0 hisobida oldinda borayotgan bo‘lsa-da, yakunda imkoniyatni boy berdi.

«Bu boshqacha bahs bo‘ldi. O‘sha o‘yinda hammasi standart vaziyatlardan keyingi 7–8 daqiqa ichida hal bo‘lgandi. Bugun esa penaltidan keyin bunday holat kuzatilmadi. Biz o‘yinga kerakli sur’atni bera olmadik. Birinchi bo‘limga nisbatan ikkinchi bo‘limda kuchimiz yetishmadi.

Raqibning birinchi goli penaltidan, ikkinchisi esa jarohat bilan bog‘liq vaziyatdan keyin, o‘yin muvozanatga kelgan pallada urildi. Ushbu bahs bizga «Real» bilan o‘yinga qaraganda ko‘proq ma’lumot berdi. Bundan kelgusida albatta foydalanishimiz kerak», — deya Gasperinining so‘zlarini keltiradi TuttoMercatoWeb.

Mutaxassis ikkinchi bo‘limda «MYU»ning yuqori pressingiga qarshi to‘g‘ri yechim topa olishmaganini ham tan oldi.

«Raqibning yo‘qotadigan narsasi qolmagandi va ular yuqori pressing qo‘lladi. Bu kutilgan holat edi. Biz boshqacha harakat qilishimiz, uzun uzatmalardan foydalanishimiz kerak edi. Ammo raqibning yetakchi futbolchilarini to‘xtata olmadik. Balki ko‘proq yakkakurashlarga kirishishimiz kerak edi. Penaltidan keyin, hisob 2:2 bo‘lganida bosim yanada kuchaydi. Bu g‘alabani saqlab qolishimizga imkon bermadi», — dedi murabbiy.

Ma’lumot uchun, «MYU» safida Bruno Fernandesh 58-daqiqada penaltidan gol urdi. Matheus Kunya esa 83 va 86-daqiqalarda ikkita gol kiritib, mankunianliklarga g‘alaba keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasi umumiy jadvalida olti ochko bilan 17-o‘ringa ko‘tarildi. To‘rt ochkoga ega «Roma» esa 19-pog‘onada bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Roma Roma
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar