Live
2
O'zbek

Lyov: «Bundesligada jamoalarning bunday o‘ynashi menga yoqmaydi»

Futbol
14 noyabr, 01:00
    1
Germaniya milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi ichki chempionatdagi o‘yin uslubini tanqid qildi.
Lyov: «Bundesligada jamoalarning bunday o‘ynashi menga yoqmaydi»
Foto: Getty Images

Germaniya milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov mamlakat futbolidagi muammolar Bundesligadan boshlanishiga ishonmoqda. Mutaxassis chempionatdagi aksariyat jamoalarning o‘yin uslubidan qoniqmayotganini bildirdi.

«Biz ijodkorlik va jasoratni rag‘batlantirishimiz, futbolchilardan ham shuni talab qilishimiz kerak. O‘yin sur’atini biz belgilashimiz lozim, raqib esa bizning uslubimizga moslashishi kerak, aksincha emas. Bundesligada ko‘plab jamoalarning raqib harakatlariga javob qaytarish asosida o‘ynayotganini ko‘ryapman. Bunday futbol menga yoqmaydi», — deya Lyovning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Sobiq murabbiy fikricha, nemis futbolida jamoalar tashabbusni o‘z qo‘liga olishi, o‘yinni raqibga moslashish orqali emas, o‘z uslubi asosida qurishi kerak.

Ma’lumot uchun, Yoaxim Lyov 2006–2021 yillarda Germaniya milliy jamoasini boshqargan. Uning qo‘l ostida nemislar 2014 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» Germaniya chempionatining amaldagi chempioni hisoblanadi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar