Live
5
O'zbek

«Milan» va «Galatasaroy» Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
19 noyabr, 01:25
    18
Har ikki jamoa futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
«Milan» va «Galatasaroy» Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Foto: BBC

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandes faoliyatini Angliyadan tashqarida davom ettirishi mumkin. Portugaliyalik futbolchiga Yevropaning ikki klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Taniqli jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Italiyaning «Milan» va Turkiyaning «Galatasaroy» jamoalari 32 yoshli yarimhimoyachini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.

Har ikki jamoa Fernandesni kelasi yil yozida erkin agent sifatida qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Chunki portugaliyalik yarimhimoyachining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.

Ma’lumot o‘rnida, Brunu Fernandes 2020 yildan buyon «qizil iblislar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu mavsumda portugaliyalik futbolchi APLda 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

18 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar