Live
5
O'zbek

Paz Pochettino sabab «MYu»ga transfer qilinishi mumkin

Futbol
19 noyabr, 03:10
Hozircha argentinalik futbolchining kelajagi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Paz Pochettino sabab «MYu»ga transfer qilinishi mumkin
Foto: Reuters

Italiyaning «Komo» klubi yarim himoyachisi Niko Paz hamon «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadlari ro‘yxatida qolmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «qizil iblislar» bosh murabbiyligiga argentinalik Maurisio Pochettinoning tayinlanishi 22 yoshli hamyurtining Manchester klubiga o‘tish ehtimolini oshirishi mumkin.

Biroq «Manchester Yunayted» futbolchiga qiziqish bildirayotgan yagona jamoa emas. Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublari, shuningdek, Fransiyaning «PSJ» jamoasi ham argentinalik yarim himoyachining harakatlarini diqqat bilan kuzatmoqda.

Bundan tashqari, Madridning «Real» klubida Pazni qayta sotib olish huquqi mavjud. «Qaymoqranglilar» 2027-yilda ushbu imkoniyatdan foydalanib, futbolchini 80 million yevro evaziga o‘z safiga qaytarishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Niko Paz ushbu mavsumda «Komo» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 14 ta uchrashuvda ishtirok etdi. U bu bahslarda 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Argentinalik futbolchining yuqori samaradorligi Yevropaning bir qator yetakchi klublari e’tiborini tortayotgan bo‘lsa-da, hozircha uning kelajagi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Avvalroq Paz o‘tgan mavsum A Seriyada eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar