Live
12
O'zbek

Glasner «Manchester Siti» ishi bo‘yicha qarorni tezlashtirishga chaqirdi

Futbol
10 oktabr, 09:50
«Nottinghem» ustozi uzoq davom etayotgan tergov APLning obro‘si va yaxlitligiga zarar yetkazayotganini ta’kidladi.
Glasner «Manchester Siti» ishi bo‘yicha qarorni tezlashtirishga chaqirdi
Foto: Getty Images

«Nottinghem Forest» bosh murabbiyi Oliver Glasner «Manchester Siti»ga nisbatan moliyaviy qoidabuzarliklar yuzasidan olib borilayotgan ish bo‘yicha yakuniy qaror imkon qadar tezroq chiqarilishi kerakligini aytdi. Mutaxassisning fikricha, mazkur ishning uzoq davom etishi Angliya Premyer-ligasining yaxlitligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Avvalroq mustaqil komissiya «Manchester Siti»ni to‘qqiz yil davomida moliyaviy qoidalarni buzganlikda, jumladan, daromadlarni 900 mln funt sterlingdan ortiq miqdorda sun’iy oshirib ko‘rsatganlikda aybdor deb topgani xabar qilingandi. Klubning apellyatsiyasi rad etilgan taqdirda, jamoaga nisbatan ochko olib tashlash yoki ligadan chetlatish kabi sport sanksiyalari qo‘llanishi mumkin.

Glasner o‘z fikrini bildirar ekan, «Kristal Pelas» bilan bog‘liq vaziyatni misol qilib keltirdi. London klubi UEFAning bir nechta klubga egalik qilish bo‘yicha qoidalarini buzgani sababli 2025/26-yilgi mavsumda Yevropa ligasida qatnashish huquqidan mahrum etilgan edi.

«Yakuniy qarorni kutaylik, ammo men uning imkon qadar tezroq chiqarilishini istardim. «Pelasi» bilan bog‘liq vaziyatda biz Yevropa ligasida yoki Konferensiyalar ligasida o‘ynashimizni bilmasdik. Avval bizga qaror payshanba kuni e’lon qilinishi aytildi, keyin esa bu muddat dushanbaga ko‘chirildi. Jarayon doimiy ravishda ortga surildi. Oxir-oqibat, Konferensiyalar ligasi boshlanishiga atigi 10 kun qolganida yakuniy qarorni oldik.

Shu sababli bu ish imkon qadar tezroq yakunlanishi kerak, deb hisoblayman. Bu holat nafaqat Angliyada, balki butun dunyoda Premyer-ligaga zarar yetkazmoqda. Ayniqsa, Yevropada bu katta muhokama mavzusiga aylangan. Eng muhimi — liganing yaxlitligi. Chunki muxlislar musobaqaga bo‘lgan ishonchini yo‘qotsa, uni tomosha qilishni ham to‘xtatadi», — deya Glasnerning so‘zlarini The Guardian nashri keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sport arbitraj sudi «Kristal Pelas»ning Yevropa ligasida qatnashishiga ruxsat bermagan. Sud London klubi egasi Jon Tekstor bir vaqtning o‘zida «Kristal Pelas» va Fransiyaning «Lion» klubi ustidan hal qiluvchi ta’sirga ega bo‘lganini aniqlagan.

Oliver Glasner 2024-yil fevralidan 2026-yil iyunigacha «Kristal Pelas» bosh murabbiyi sifatida ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Nottingem F Nottingem F
Bugungi yangiliklar