Live
11
O'zbek

«Tottenhem» Slot nomzodini ko‘rib chiqishi mumkin — ESPN

Futbol
10 oktabr, 10:15
London klubi Roberto De Zerbi o‘rniga niderlandiyalik mutaxassisni taklif qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.
«Tottenhem» Slot nomzodini ko‘rib chiqishi mumkin — ESPN
Foto: Getty Images

Angliyaning «Tottenhem» klubi bosh murabbiylik lavozimiga Arne Slot nomzodini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, London jamoasi niderlandiyalik mutaxassisni Roberto De Zerbi o‘rniga taklif qilish imkoniyatini o‘rganmoqda. Slot avval ham «Tottenhem» bosh murabbiyligi uchun nomzodlar qatoridan joy olgan. U 2023-yilda Anj Postekoglu tayinlanishidan oldin klub rahbariyatining e’tiborida bo‘lgan.

«Tottenhem» Angliya Premyer-ligasining dastlabki besh turidan so‘ng atigi ikki ochko jamg‘argan va turnir jadvalining so‘nggi, 20-o‘rnini egallab turibdi. Jamoa navbatdagi bahsini 10-oktyabr, shanba kuni safarda «Manchester Yunayted»ga qarshi «Old Trafford» stadionida o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Arne Slot 2024-yilda «Liverpul» bosh murabbiyiga aylangan. Uning «Tottenhem»ga tayinlanishi hozircha ehtimoliy variant sifatida tilga olinmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar