«Xetafe» bosh murabbiyi Xose Bordalas «Barselona» hujumchisi Rafinya Diasning navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jarohat tufayli braziliyalik futbolchi «Xetafe»ga qarshi bahsda jamoaga yordam bera olmasligini ma’lum qilgandi.
«Bu «Barselona» uchun muammo emas. Albatta, u ajoyib formada va jamoa o‘yiniga katta ta’sir ko‘rsatmoqda, ammo «Barselona» jahon darajasidagi o‘yinchilardan iborat ajoyib tarkibga ega» - dedi Xose Bordalas.
Ma’lumot uchun, Rafinya ushbu mavsumda «Barselona»ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Hujumchi barcha musobaqalarda sakkizta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
«Barselona» bugun, 10-oktyabr kuni Ispaniya La Ligasining sakkizinchi turida «Xetafe»ni qabul qiladi.