Live
13
O'zbek

APLning to‘rt klubi Alfonso Devisni kuzatmoqda

Futbol
10 oktabr, 04:30
    2
«Bavariya» himoyachisiga «MYU», «Man Siti», «Liverpul» hamda «Arsenal» qiziqish bildirmoqda.
APLning to‘rt klubi Alfonso Devisni kuzatmoqda
Foto: Getty Images

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Angliya Premyer-ligasining to‘rtta klubi Myunxenning «Bavariya» jamoasi va Kanada milliy jamoasi chap qanot himoyachisi Alfonso Devisning o‘yinlarini kuzatmoqda.

Manbaga ko‘ra, kanadalik futbolchiga «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Liverpul» va Londonning «Arsenal» klublari qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq Madridning «Real» va Kataloniyaning «Barselona» klublari ham Devisni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Futbolchining ehtimoliy transferi 45 million yevroga baholanmoqda. Devisning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Hozircha klublardan birortasi kanadalik himoyachini transfer qilish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqqani haqida ma’lumot yo‘q.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Arsenal Arsenal
  • Liverpul Liverpul
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar