Live
15
O'zbek

A Seriya. «Bolonya» safarda «Parma»dan ustun keldi

Futbol
7 noyabr, 16:08
Italiya chempionatida 11-tur o‘yinlari davom etmoqda.
A Seriya. «Bolonya» safarda «Parma»dan ustun keldi
Фото: Getty Images
07.11.2026 FT Italiya A seriyasi Parma Parma 1 : 2 Bolonya Bolonya

Italiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan bahsda «Parma» o‘z maydonida «Bolonya»ni qabul qildi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab 9-daqiqada «Parma» himoyachisi Abdulaye Ndiaye qizil kartochka olib, jamoasini bir kishi kam bo‘lib qolishiga sabab bo‘ldi. 53-daqiqada Teat mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 72-daqiqada Rikardo Orsolini penaltini aniq amalga oshirib, «Bolonya»ning ustunligini ikki karra oshirdi. Mezbonlar esa 81-daqiqada Vensan Sierro penaltidan urgan goli bilan farqni bittaga qisqartirdi.

Bu natijadan so‘ng «Bolonya» ochkolari sonini 17 taga yetkazib, 8-o‘rinda bormoqda. «Parma» esa 8 ochko bilan 16-pog‘onada.

A Seriya. 11-tur
Parma – Bolonya 1:2
Gollar
: Sierro 81 penalti – Teat 53, Orsolini 72 penalti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Parma Parma
  • Bolonya Bolonya
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar