Misr futbol assotsiatsiyasi Husam Hasanni milliy jamoa bosh murabbiyligidan chetlatdi. Uning o‘rnini Ali Maher egalladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
Qaror assotsiatsiya direktorlar kengashi yig‘ilishi yakunida qabul qilingan. Unga ko‘ra, Hasan bilan birga uning murabbiylar va ma’muriy shtabi vakolatlari ham shartnoma shartlariga muvofiq tugatilgan.
Federatsiya so‘nggi haftalardagi vaziyatlar milliy jamoaning barqarorligi va obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatganini qaror sabablaridan biri sifatida keltirgan. Tashkilot vakillari Hasanga amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorlik bildirib, keyingi faoliyatida muvaffaqiyat tilagan.
Avvalroq Misr OAVni tartibga solish bo‘yicha oliy kengashi sobiq rafiqasi bilan omma oldidagi mojarosi sabab Hasanning ommaviy axborot vositalarida chiqish qilishini taqiqlagan edi.
Ma’lumot uchun, Husam Hasan Misr milliy jamoasini 2024 yil fevralidan buyon boshqarib kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, uning qo‘l ostida Misr 2018 yildan beri ilk bor Jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanma oldi va 1/8 finalga qadar yetib bordi. Ushbu bosqichda jamoa Argentina milliy jamoasiga imkoniyatni boy bergan.