Live
2
O'zbek

OFK yilning eng yaxshilari uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi

Futbol
17 oktabr, 03:45
Taqdirlash marosimi 19 noyabr kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tadi.
OFK yilning eng yaxshilari uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi
Foto: Getty Images

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 19 noyabr kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tadigan AFC Awards Bangkok 2026 taqdirlash marosimi nomzodlarini e’lon qildi. Tadbirda 19 ta nominatsiya bo‘yicha Osiyoning eng yaxshi futbolchilari, murabbiylari va futbol rivojiga hissa qo‘shgan tashkilotlar taqdirlanadi.

Quyida barcha nominatsiyalar va nomzodlar bilan tanishing.

OFKning yilning eng yaxshi futbolchisi:

Alirizo Beyranvand («Traktor» va Eron milliy jamoasi)
Feras Al Buraykan («Al Ahli» va Saudiya Arabistoni milliy jamoasi)
Salim Ad Dawsariy («Al Hilol» va Saudiya Arabistoni milliy jamoasi).

OFKning yilning eng yaxshi ayol futbolchisi:

Xolli Maknamara («Melburn Siti» / «Everton» va Avstraliya milliy jamoasi)
Kim Kyon Yon («Naegohyang» va KXDR milliy jamoasi)
Kim Xe Ri («Uhan Szyanda» / «Suvon» va Janubiy Koreya milliy jamoasi).

OFKning yilning eng yaxshi osiyolik legioner futbolchisi (erkaklar):

Ayase Ueda («Feyenoord» / «Lill» va Yaponiya milliy jamoasi)
Hvan In Bom («Feyenoord» / «Portu» va Janubiy Koreya milliy jamoasi)
Li Kan In («PSJ» / «Atletiko» va Janubiy Koreya milliy jamoasi).

OFKning yilning eng yaxshi osiyolik legioner futbolchisi (ayollar):

Alana Kennedi («London Siti Layones» va Avstraliya milliy jamoasi)
Keytlin Ford («Arsenal» ayollar jamoasi va Avstraliya milliy jamoasi)
Yui Xasegava («Manchester Siti» ayollar jamoasi va Yaponiya milliy jamoasi).

OFKning yilning eng yaxshi futzalchisi:

Husayn Tayebi («Gohar Zamin» va Eron milliy jamoasi)
Said Ahmad Abbosi («Giti Pasand» va Eron milliy jamoasi)
Muhammad Osomanmusa («Ximbi Kartaxena» va Tailand milliy jamoasi).

OFKning yilning eng yaxshi murabbiyi (erkaklar):

Jozef Montemurro (Avstraliya ayollar milliy jamoasi)
Go Kuroda («Matidza Zelviya» va Yaponiya milliy jamoasi)
Sadayoshi Shirai (Yaponiya U-17 ayollar milliy jamoasi).

OFKning yilning eng yaxshi murabbiyi (ayollar):

Ma Syaosyu (Xitoy U-17 ayollar milliy jamoasi)
Marziye Jafari («Bam Xotun» va Eron milliy jamoasi)
Pak Yon Jon (Janubiy Koreya U-20 ayollar milliy jamoasi).

OFKning yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (o‘g‘il bolalar):

Maki Kitaxara («FK Tokio» va Yaponiya milliy jamoasi)
Rion Itixara («AZ Alkmaar» va Yaponiya milliy jamoasi)
Ryunosuke Sato («FK Tokio» / «Valensiya» va Yaponiya milliy jamoasi).

OFKning yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (qizlar):

Kim Von Sim (Pxenyan xalqaro futbol maktabi / «4.25» va KXDR milliy jamoasi)
Yu Jon Xyan («4.25» va KXDR milliy jamoasi)
Noa Fukushima (JFA Fukushima akademiyasi va Yaponiya milliy jamoasi).

OFKning eng yaxshi a’zo assotsiatsiyasi (Platinum):

Yaponiya futbol assotsiatsiyasi
Iordaniya futbol assotsiatsiyasi
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi.

OFKning eng yaxshi a’zo assotsiatsiyasi (Diamond):

Xitoy futbol assotsiatsiyasi
Tailand futbol assotsiatsiyasi
Vyetnam futbol federatsiyasi.

OFKning eng yaxshi a’zo assotsiatsiyasi (Gold):

Gonkong futbol assotsiatsiyasi
Hindiston futbol federatsiyasi
Malayziya futbol assotsiatsiyasi.

OFKning eng yaxshi a’zo assotsiatsiyasi (Ruby):

Bangladesh futbol federatsiyasi
Guam futbol assotsiatsiyasi
Laos futbol federatsiyasi.

OFKning yilning eng yaxshi mintaqaviy assotsiatsiyasi:

Janubi-Sharqiy Osiyo futbol federatsiyasi
Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi
Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi.

OFK prezidentining ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘yicha e’tirof mukofoti (Gold):

Avstraliya futbol federatsiyasi
Eron futbol federatsiyasi
Yaponiya futbol assotsiatsiyasi.

OFK prezidentining ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘yicha e’tirof mukofoti (Silver):

Bangladesh futbol federatsiyasi
Guam futbol assotsiatsiyasi
Hindiston futbol federatsiyasi.

OFK prezidentining ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘yicha e’tirof mukofoti (Bronze):

Kambodja futbol federatsiyasi
Indoneziya futbol assotsiatsiyasi
Myanma futbol federatsiyasi.

OFK ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi mezboniga minnatdorlik mukofoti:

Avstraliya futbol federatsiyasi.

Bugungi yangiliklar