«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio 21 oktabr, chorshanba kuni UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turidan o‘rin olgan «Leypsig»ga qarshi bahsda hujumchi Vinisius Junior asosiy tarkibda maydonga tushishini tasdiqladi.
Avvalroq braziliyalik futbolchi La Liganing 8-turidan o‘rin olgan «Vilyarreal» (1:0) bilan o‘yinda sodir etgan xatti-harakatlari uchun 4 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingan edi. U raqib futbolchisining sochidan tortgani uchun milliy chempionatning ikkita o‘yinini, hakamga nisbatan norozilik bildirgani uchun esa yana ikkita bahsni o‘tkazib yuboradi. Natijada futbolchi La Liganing 9-turidagi «Sevilya»ga (4:1) qarshi o‘yinda ishtirok etmadi va 25 oktabr kuni «Barselona»ga qarshi «El Klasiko»da ham maydonga tusha olmaydi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o‘rin olgan «Roma»ga qarshi o‘yinda Mourinio hisob raqib foydasiga 1:3 bo‘lib turgan paytda Vinisiusni 59-daqiqada zaxiraga olgandi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Endrik gol urdi va «Real» yakunda 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
«Men bunday yo‘l tutishni yoqtirmayman, ammo vaziyat taqozo qilgani uchun shunday qilishga majburman. Vinisius chorshanba kuni asosiy tarkibda maydonga tushadi. Chempionlar ligasi undagi motivatsiyani saqlab qolish imkoniyatidir, toki u faqat mashg‘ulot o‘tkazib, o‘yinlarimizni o‘tkazib yubormasin.
U jismonan tetik. Bugun o‘ynamagani sababli jismoniy tayyorgarligi ustida ko‘p ishladi. Umid qilamanki, hammasi uning uchun yaxshi kechadi. Vini bunga loyiq va u bizga kerak», — deya Mourinioning so‘zlarini keltiradi klubning rasmiy sayti.
Mourinio Vinisiusning holati haqida gapirdi
Futbol
19 oktabr, 10:10
4
«Real» ustozi braziliyalik vingerning «Leypsig»ga qarshi o‘ynashini tasdiqladi.
Foto: Getty Images
21.10.2026, 15:00
Chempionlar ligasi
Real Madrid
-
:
-
Leypsig
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi