«Tottenhem» «Bavariya» bilan kelishuvga ko‘ra, Harri Keynni birinchi bo‘lib sotib olish huquqini saqlab qoldi. Bu hujumchining Myunxen klubi bilan shartnomasi 2029 yilgacha uzaytirilganiga qaramay amal qiladi.
2023 yilda Angliya milliy jamoasi futbolchisi nemis jamoasiga o‘tayotganida, «taqachilar» transfer kelishuviga Harrini birinchi bo‘lib sotib olish huquqini kiritishga erishgandi.
The Telegraph nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Tottenhem» va «Bavariya» o‘rtasidagi ushbu kelishuv Keynning yangi shartnomasidan qat’i nazar o‘z kuchida qolmoqda.
Ushbu huquq faqat «Bavariya» Keynni sotishga qaror qilganda va futbolchining o‘zi 13 yil davomida to‘p tepgan «Tottenhem»ga qaytishni istagan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.
Shu bilan birga, kelishuvda 33 yoshli futbolchini sotib olish uchun qat’iy belgilangan tovon puli ko‘rsatilmagan.
«Tottenhem» Keynni «Bavariya»dan birinchi bo‘lib sotib olish huquqini saqlab qoldi
Futbol
6 noyabr, 02:25
6
Hujumchi qachondir Myunxen klubini tark etishga qaror qilsa, avvalo londonliklarning taklifi ko‘rib chiqiladi.
Foto: Bayern Munchen
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi