Bugun
34
O'zbek

“Valansien” muxlislari jamoaning oʻyini vaqtida sirk musiqasini qoʻyishdi

Futbol
6 noyabr, 05:20
    3
Ular shu tariqa yomon mavsum oʻtkazayotgan futbolchilarning ustidan kulishdi.
“Valansien” muxlislari jamoaning oʻyini vaqtida sirk musiqasini qoʻyishdi
Foto: Valanciennes

“Valansien” muxlislari jamoa oʻyinidan noroziliklarini oʻziga xos tarzda namoyish etishdi.

Fransiya uchinchi divizionining 12-turidan oʻrin olgan “Orlean”ga qarshi oʻz maydonidagi bahs vaqtida muxlislar tribunalarda sirk musiqasini qoʻyishdi.

Bu voqea bellashuvning taxminan 35-daqiqasida, mezbonlar 0:1 hisobida magʻlub boʻlib turgan paytda sodir boʻldi. Muxlislar shu tariqa omadsiz mavsum oʻtkazayotgan jamoasining oʻyini ustidan kulgi qilishdi.

Yakunda “Valansien” 0:2 hisobini 2:2 ga aylantirdi. 12 ta turdan keyin jamoa 10 ochko bilan turnir jadvalida 15-oʻrinni egallab turibdi. Klub chempionatda atigi ikki marta gʻalaba qozondi va quyi divizionga tushib ketish xavfi boʻlgan hududga yaqin joylashgan.

“Valansien” avval Fransiyaning yuqori divizionida ham ishtirok etgan. Klub 2006 yildan 2014 yilgacha ketma-ket sakkiz mavsum davomida elitada oʻynagan. Jamoa 2024 yilda uchinchi divizionga tushib ketgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Valenciennes Valenciennes
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar