Live
3
O'zbek

Arteta: «Birinchi bo‘limda 3-4 ta gol urishimiz kerak edi»

Futbol
5 noyabr, 00:50
«Arsenal» bosh murabbiyi «Slaviya»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Arteta: «Birinchi bo‘limda 3-4 ta gol urishimiz kerak edi»
Foto: Arsenal FC
04.11.2026 FT Chempionlar ligasi Slavia Prague Slavia Prague 1 : 2 Arsenal Arsenal

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasining 4-turida «Slaviya» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.

«Chempionlar Ligasida mehmonda g‘alabalarni doim qadrlash kerak. Bu nihoyatda qiyin.

Ikki bo‘lim bir-biridan butunlay farq qildi. Birinchi bo‘limda 3-4 ta gol urishimiz kerak edi, ammo imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa himoyalanishga majbur bo‘ldik. Ko‘p xatolar qildik va to‘pni tez-tez yo‘qotdik. Bu o‘yindan saboq olishimiz lozim.

6 ta almashtirishni amalga oshirdik. Futbolchilarimizning salohiyatini yaxshi bilamiz. Nima yetishmaganini aniq ayta olmayman, ammo yana shunday vaziyat bo‘lsa, xuddi shu qarorlarni qabul qilardim.

Jamoamizning hozirgacha erishgan natijalarini yuqori baholayman. Biz allaqachon 11-safar o‘yinimizni o‘tkazdik», — dedi Arteta TNT Sports nashriga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Slavia Prague Slavia Prague
  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar