Live
4
O'zbek

«Milan» Rabio bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Futbol
6 noyabr, 09:37
Fransiyalik 31 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2030-yilning yoziga qadar uzaytirmoqchi.
«Milan» Rabio bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
Фото: Getty Images

«Milan» klubi yarim himoyachi Adrien Rabio bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «rossoneri» fransiyalik 31 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2030-yilning yoziga qadar uzaytirmoqchi. Amaldagi kelishuv 2027/28-yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Ta’kidlanishicha, har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor.

Qayd etilishicha, yangi shartnoma bo‘yicha Rabioning maoshi oshishi kutilmoqda. Hozirda fransuz futbolchisi yiliga 3,5 million yevro ishlab topmoqda. Yangi kelishuvga ko‘ra esa «Milan» unga bonuslardan tashqari yiliga 5 million yevro to‘lashi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar