Live
2
O'zbek

Topuriya qachon jang o'tkazishga tayyor bo'lishi ma'lum qilindi

MMA
16 sentabr, 12:37
Jangchining murabbiyi bilan gaplashgan jurnalist bu haqda ma'lumot berdi.
Topuriya qachon jang o'tkazishga tayyor bo'lishi ma'lum qilindi
Foto: Getty Images

UFC’ning ikki vazn toifasida sobiq chempioni, gruziyalik Iliya Topuriya navbatdagi jangini 2027 yil fevral oyidan oldin o'tkazishga tayyor bo'lmaydi. Bu haqda jurnalist Alvaro Kolmeneyro xabar berdi.

«Men Iliya Topuriyaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Xesus Galio bilan suhbatlashdim. Uning aytishicha, Ilia Mayamida asta-sekin mashg'ulotlarga qaytmoqda va fevral oyidan boshlab jang qilishga tayyor bo'ladi.

Uning qaytishi uchun asosiy ikki variant hanuz Jastin Geyji yoki Peddi Pimblett bo'lib qolmoqda. Biroq uning jamoasi Geyji bilan revansh o'tkazishni talab qiladi»,
— deb yozdi Kolmeneyro X ijtimoiy tarmog'ida.

Topuriya 29 yoshda. Gruziyalik jangchi 2020 yildan buyon UFCda ishtirok etib kelmoqda. 2024 yilda u yarim yengil vazn toifasida (65 kg gacha) chempion bo'ldi va keyin bir marta titulini himoya qildi. 2025 yilda esa yengil vazn toifasida (70 kg gacha) chempionlik unvonini qo'lga kiritdi. Uning UFCdagi umumiy rekordi — 9 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat (Geyjiga qarshi).

Bugungi yangiliklar