«Real» vingeri Yan Diomande jamoadagi o‘yin vaqti borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, «qirollik» klubi yozgi transferlar oynasida afrikalik futbolchini «Leyptsig»dan qariyb 125 million yevroga sotib olgan edi. Futbolchi hozirgacha jamoa safida asosiy tarkibda atigi ikki o‘yinda maydonga tushdi.
«Hech narsa o‘zgargani yo‘q. Klubda kam o‘ynayotgan bo‘lsam ham, mashg‘ulotlarda astoydil mehnat qilyapman. U yerdagi mashg‘ulotlar juda yuqori intensivlikda o‘tadi. Murabbiy Joze Mourinyo menga ishonayotgani va o‘yin vaqti berib turgani yaxshi. Bosim menga yoqadi. Chunki bosim meni bor kuchim bilan ishlashga majbur qiladi. Bundan tashqari, men yuqori standartlar odatiy hol bo‘lgan klubda o‘ynayapman. Men avvalgidek qolganman. Balki sizlar uchun men yulduzdirman, ammo o‘zim uchun hali ham o‘sha insonman», — deya Diomandening so‘zlaridan keltiradi Trivela.