Bugun
25
O'zbek

«Real» Kurtua bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga yaqin

Futbol
5 oktabr, 06:58
    8
Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozining oxirigacha mo‘ljallangan.
 «Real» Kurtua bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga yaqin
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Qayd etilishicha, tomonlar yangi bitim bo‘yicha kelishuvga yaqinlashgan. Kurtuaning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozining oxirigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli darvozabon 2018-yil yozida Madrid klubi safiga qo‘shilgan edi. Uning transfer qiymati 15 million yevro atrofida baholanmoqda.

Kurtua bu mavsum Ispaniya chempionatida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol o‘tkazib yubordi. U faqat bir uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Avvalroq «Real» klubi yarimhimoyachi Arda Gyuler bilan ham shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar