Bugun
25
O'zbek

Mbappe “Vilyarreal”ga qarshi o‘ynay oladi – manba

Futbol
5 oktabr, 09:35
    13
“Real” va “Vilyarreal” o‘rtasidagi bellashuv 10 oktabr kuni Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mbappe “Vilyarreal”ga qarshi o‘ynay oladi – manba
Фото: Getty Images
10.10.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Villarreal Villarreal

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe Madrid shahriga qaytib keldi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi La Liganing 8-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe Fransiya milliy jamoasi safida Turkiyaga qarshi bahsda jarohat olgan va uchrashuvni davom ettira olmagan edi. Bahs fransuzlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Bellashuvdagi yagona golni aynan Kilian kiritgan edi.

Ushbu bahsdan so‘ng forvard tibbiy tekshiruvlardan o‘tgan va uning jarohati jiddiy emasligi ma’lum bo‘lgandi. Shunga qaramay, futbolchi milliy jamoa lagerini tark etib, Madridga qaytgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Vilyarreal” o‘rtasidagi bellashuv 10 oktabr kuni Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Villarreal Villarreal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

13 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar