Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasida to‘p tepayotgan futbolchilarning transfer qiymatini yangiladi.
Navbatdagi reyting natijalariga ko‘ra, bir qator mashhur futbolchilarning bozordagi bahosi 10 million yevroga kamaygan.
Reytingda «Barselona»ning yarim himoyachisi Frenki de Yong va himoyachisi Aleks Balde, shuningdek «Real» vingeri Vinisius Junior ham bor.
La Ligada eng ko‘p qiymat yo‘qotgan 5 futbolchi
1. Frenki de Yong («Barselona») — 130 mln yevro (−10 mln yevro)
2. Aleks Balde («Barselona») — 40 mln yevro (− 10 mln yevro)
3. Kristian Romero («Atletiko») — 25 mln yevro (− 10 mln yevro)
4. Xulian Alvares («Atletiko») — 110 mln yevro (− 10 mln yevro)
5. Vinisius Junior («Real») — 130 mln yevro (− 10 mln yevro)
Shunga qaramay, de Yong va Vinisius La Liganing eng qimmat futbolchilari qatorida qolmoqda. Ularning har biri Transfermarkt tomonidan 130 million yevroga baholangan.
«Atletiko» futbolchisi Xulian Alvares esa 110 million yevro bilan reytingda uchinchi eng qimmat futbolchi bo‘lib turibdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi