Live
4
O'zbek

Flik: «Avstraliyada, 30 ming kilometr uzoqlikda o‘yin o‘tkazish shartmidi?»

Futbol
10 oktabr, 02:40
    40
«Barsa» bosh murabbiyi Rafinyaning jarohati va Braziliyaning Avstraliyadagi o‘yini haqida gapirdi.
Flik: «Avstraliyada, 30 ming kilometr uzoqlikda o‘yin o‘tkazish shartmidi?»
Foto: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Braziliya milliy jamoasi safida Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (4:2) jarohat olgan Rafinyaning holati haqida fikr bildirdi.

«Milliy jamoa safida o‘ynash har bir futbolchining faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun futbolchilar maydonda bor kuchini ishga soladi.

Avstraliyada, ya’ni bu yerdan 30 ming kilometr uzoqlikda o‘yin o‘tkazish shartmidi degan savolni muhokama qilish mumkin. Lekin o‘rtoqlik uchrashuvlarini qayerdadir tashkil etish kerak, Millatlar Ligasi tufayli esa Yevropada bunday o‘yinlarni o‘tkazish qiyin. Natijada futbolchilarga qo‘shimcha yuklama tushadi.

Bizga vaziyatni qabul qilishdan boshqa chora yo‘q. Bu ideal holatdan ancha uzoq, ammo men unga ta’sir o‘tkaza olmayman. Shuning uchun shogirdlarimning maydonda o‘tkazadigan vaqtini nazorat qilishim kerak.

Shu bilan birga, Ispaniya milliy jamoasining o‘yinlarini kuzatish menga yoqadi. Ularning futbol uslubi va futbolchilar o‘rtasidagi yuklama qanday taqsimlanayotganiga e’tibor qarataman.

Jamoada o‘zaro tushunish a’lo darajada. Ispaniya — dunyoning eng yaxshi milliy jamoasi va men uning o‘yinlarini mamnuniyat bilan kuzataman», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

Ma’lumot o‘rnida, Rafinya jarohati sababli «Xetafe» va «Galatasaroy»ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Braziliya Braziliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar