«Real Madrid»ning belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Roma»ga qarshi bahs taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va jamoaning yevrokubokdagi startiga baho berdi.
«O‘yin davomida men bir soniya ham hammasi tugadi, deb o‘ylamadim. «Real» har doim oxirigacha kurashadi, garchi «Roma» odatdagidek ravishda o‘z maydonida juda kuchli bo‘lsa-da.
Biz jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirdik, ammo yakuniy muvaffaqiyatga chin dildan ishonishda davom etdik. Natijada biz standart vaziyatlardan so‘ng uchta gol urishga erishdik. Bu murabbiylar shtabi va qo‘llarini tushirmagan, bahsni o‘zgartira olishlariga ishongan futbolchilarning ulkan xizmatidir.
Ushbu stadionda g‘alaba qozonish va Italiyaning ikkita eng kuchli klubi bilan o‘yinlarda maksimal 6 ochkodan oltitasini qo‘lga kiritish musobaqaning ajoyib boshlanishi bo‘ldi», - deya Kurtuaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi klub matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinio boshchiligidagi «qaymoqranglilar» safarda, «Roma» bilan bahsda remontada ko‘rsatib, 4:3 hisobida zafar quchdi va navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. La Liga musobaqa jadvalida esa klub 8 turdan keyin 18 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni band etgan. Yakshanba kuni madridliklar o‘z uyida, «Santyago Bernabeu» stadionida «Sevilya»ni qabul qiladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi