Live
4
O'zbek

Ilon Maskni «Everton» futbol klubini sotib olishga chaqirishdi

Futbol
12 oktabr, 02:41
    7
Klub sotuvga qo‘yildi.
Ilon Maskni «Everton» futbol klubini sotib olishga chaqirishdi
Фото: Getty Images

Amerikalik milliarder Ilon Mask «Everton»ni sotib olish uchun ehtimoliy nomzod sifatida tilga olindi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, klubning sobiq himoyachisi Maykl Boll Maskka murojaat qilib, Mersisayd klubini sotib olishga chaqirgan.

Avvalroq «Everton»ning amaldagi egalari — The Friedkin Group klub aksiyalarining nazorat paketini sotish imkoniyatini ham o‘z ichiga olgan yangi investitsiya variantlarini o‘rganayotganini tasdiqlaganidan keyin bu xabar yangradi. Amerika kompaniyasi klubni 2024-yil dekabr oyida sotib olgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning avgust oyida amerikalik yana bir milliarder Jeff Bezos ishtirokidagi konsorsium Fenway Sports Group kompaniyasi «Liverpul» klubining 38 foiz ulushini sotib olgani haqida xabar berilgandi..

Bollning murojaati hozircha ommaviy taklif bo‘lib qolmoqda. Mask «Everton»ni sotib olishi yoki olmasligi borasida hozircha rasman xabar berilgani yo‘q.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar