Live
2
O'zbek

Mourinio: «Raqibni hurmat qildik, ularni o‘rgandik va imkoniyatlarini bilardik»

Futbol
18 oktabr, 23:00
    24
«Real» bosh murabbiyi «Sevilya» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Mourinio: «Raqibni hurmat qildik, ularni o‘rgandik va imkoniyatlarini bilardik»
Foto: Getty Images
18.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 4 : 1 Sevilya Sevilya

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Ispaniya chempionatining 9-tur doirasidagi «Sevilya»ga qarshi uchrashuv (4:1)dan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bellashuvni yuqori saviyada boshladik, futbolchilar ishtiyoqqa to‘la edi. Raqibni hurmat qildik, ularni o‘rgandik va imkoniyatlarini bilardik.

«Roma»ga qarshi bahsdan keyin jamoamizda butunlay boshqa energiya bor edi. «Sevilya»ning goli kutilmagan vaziyatda urildi, ammo biz javob qaytarib, o‘yin taqdirini hal qildik.

Sifatli futbol ko‘rsatdik. «Roma» bilan o‘yin juda og‘ir kechgandi, ammo jamoa bunga munosib javob berish uchun kuch topdi. Militaoning qaytishi ham jamoamiz uchun juda muhim. Uning qiyinchiliklarini ko‘rdik va bu barchamizga qattiq ta’sir qildi», — deya Mourinioning so‘zlarini keltiradi Marca.

Ma’lumot o‘rnida, «Real» keyingi uchrashuvini 21-oktabr kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turi doirasida «Leypsig»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Sevilya Sevilya
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

24 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar